+998 71 200 02 35

Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari

04.04.2024 106

Ma’lumki, shu kunlarda Shavkat Mirziyoyevning lavozimga kirishish tantanali marosimiga bag'ishlangan Oliy Majlis palatalari qo'shma majlisida so'zlagan nutqining mazmun-mohiyati va ahamiyati, unda belgilab berilgan ustuvor vazifalar talaba yoshlar, davlat xizmatchilari, olimlar, ekspertlar, keng jamoatchilik tomonidan qizg'in o'rganilmoqda.

Shu o'rinda, Prezident nutqi kelajakka yo'naltirilgani, mamlakatni rivojlantirish strategiyasining amaliy dasturi bo'lganiga e'tiborni qaratish lozim. Davlat rahbari o'z ma’ruzasida mamlakat hayotining barcha jabhalariga atroflicha to'xtalib o'tib, yangi g'oyalar, innovatsiyalar va yangiliklarni taklif qildi.

Sh.Mirziyoyev o'z nutqida Yangi O'zbekiston Taraqqiyot strategiyasinining 7 ta ustuvor yo'nalishlarini belgilab berdi. Mazkur kontseptual hujjatda islohotlarning uzviyligi va davomiyligini ta'minlash maqsadida “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” degan tamoyil asosiy g'oya va bosh mezon qilib olindi.

Xususan, unda erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish, inson qadri-qimmati va uning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, adolat va qonun ustuvorligi – xalqchil davlat qurish, inson qadr-qimmatini ta’minlash, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish, ma’naviy va ma’rifiy sohalarda islohotlarni amalga oshirish kabi muhim vazifalar belgilangan. Bundan tashqari, global muammolarning milliy va mintaqaviy darajadagi yechimlarini topish, tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kabi masalalarga atroflicha to'xtalib o'tilgan.

Mazkur nutqda mamlakat rahbari kelgusi besh yil uchun ustuvor yo'nalishlarni belgilab berar ekan, yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari eng oliy qadriyat ekanligini alohida ta’kidlab o'tdi.

Mahalla instituti faoliyatining samaradorligini oshirish, uni jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch bo‘g‘iniga aylantirish.

Hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni joyida hal etish maqsadida mahallalar vakolatlarini kengaytirish, ularning moliyaviy mustaqilligini kuchaytirish.

Fuqarolarning o‘z mahallasi hayotidagi ishtirokini hamda davlat organlari va mahallalar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqani ta’minlash, mahallalarda aholi bilan ishlashga qaratilgan jarayonlarni raqamlashtirish.

Mahalladan turib barcha davlat idoralariga murojaat qilish tizimini yaratish, davlat va ijtimoiy xizmatlarni bevosita mahallada ko‘rsatish.

Mahallalarning “o‘sish nuqtalari” va ularda yashovchi aholining tadbirkorlik faoliyatidagi ixtisoslashuvidan kelib chiqib, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish.

Mahallalar uchun yuqori malakali mutaxassislarni maqsadli tayyorlash, barcha mahalla raislari va hokim yordamchilarida boshqaruv asoslari, bandlikni ta’minlash, bank-moliya, tomorqa, er, chorvachilik va parrandachilik bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish.

Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi institutining samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Xalq deputatlari Kengashlarini hududlarda mavjud muammolarni hal qilishdagi asosiy bo‘g‘inga aylantirish.

Xalq deputatlari Kengashlarida doimiy asosda faoliyat yurituvchi deputatlar korpusini shakllantirish va ularning vakolatlarini kengaytirish orqali hududiy ijro organlari faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish.

Xalq deputatlari Kengashlarining mahallalardagi muammolarni hal qilishdagi rolini oshirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush darajasini oshirish, mahalliy budjetni shakllantirish va nazorat qilish bo‘yicha ularning mas’uliyatini kuchaytirish.

Mahallalarning joylardagi vakillik organlari bilan, xalq deputatlari Kengashlarining Oliy Majlis Senati bilan, hokimliklarning vazirliklar va ularning hududiy bo‘linmalari bilan aloqalarini mustahkamlash.

Mahalliy kengashlarning kotibiyatlari faoliyatini yanada kuchaytirish choralarini ko‘rish.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining institutsional asoslarini zamon talablariga moslashtirish.

Joylardagi masalalarni hal etishda mahalliy hokimliklarning moliyaviy imkoniyatlarini yanada kengaytirish va har bir vazifa ijrosi, shuningdek sarflanayotgan mablag‘lar yuzasidan jamoatchilik oldidagi hisobdorligini oshirish.

Mahalliy ijro hokimiyati organlarini demokratik tamoyillar asosida shakllantirish, shu jumladan hokimlarni saylash tizimini joriy etishning huquqiy asoslarini yaratish.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan hududiy ijro organlarining shtat birligi va tuzilmalarini belgilash amaliyotini bosqichma-bosqich kengaytirish, hududlarda amalga oshiriladigan vazifalar bo‘yicha “vakolatlar reyestri”ni shakllantirish.

Mahalliy boshqaruv faoliyatiga axborot texnologiyalarni keng joriy qilish, hududlarning 40 dan ortiq, jumladan transport, infratuzilma, ijtimoiy va boshqa sohalar bo‘yicha ma’lumotlarni jamlovchi tahliliy geoportallarini ishga tushirish.

Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini “fuqarolarga xizmat qilishga yo‘naltirish” tamoyili asosida transformatsiya qilish.

Vazirlik va idoralarni tashkil etish va tugatishning aniq tartibi, ularni bir-biridan farqlovchi mezonlarni nazarda tutuvchi huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqib, amaldagi davlat boshqaruvi tizimini qayta ko‘rib chiqish.

Davlat boshqaruvi organlarining shtat birliklarini oshirishga cheklov o‘rnatishning tartibini hamda kadrlar va moddiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha aniq mezonlarni belgilash.

Davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuvi vujudga kelishini bartaraf etish, mazkur jarayonga keng jamoatchilikni jalb qilish.

Vazirlik va idoralar faoliyatining barcha yo‘nalishlarini “Davlat — xalq xizmatchisi” tamoyili asosida fuqaroga xizmat qilishga yo‘naltirish.

Ixcham, professional, adolatli, yuqori natijadorlikka xizmat qiladigan davlat boshqaruvi tizimini joriy qilish.

Vazirlik va idoralar rahbarlariga tashkiliy-huquqiy masalalarni o‘zlari mustaqil hal etishi uchun zarur sharoitlarni yaratish, qabul qilinayotgan qarorlarning ular tomonidan samarali ijro etilishini ta’minlash.

Davlat boshqaruvi organlarining hududiy masalalarni hal qilishdagi mas’uliyati va javobgarligini kuchaytirish hamda ularning strategik yo‘nalishlarini rejalashtirishga qaratilgan yangi tizim yaratish.

Vazirlik va idoralarda ish yuritish va ma’muriy boshqaruv jarayonlari sifatini oshirish.

Davlat boshqaruvi tizimida ma’muriy apparatni ixchamlashtirish va ish jarayonlarini maqbullashtirish.

Xususiy sektorga o‘tkaziladigan ayrim davlat funksiyalari sonini 3 barobarga oshirish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish hamda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish.

Davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish ishlarini jadallashtirish hamda davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash.

Hududlarni rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni hal qilishda barcha darajadagi davlat boshqaruvi organlari hududiy boshqarmalarining samarali ishini tashkil etish.

 Yangi O'zbekiston Taraqqiyot strategiyasi milliy rivojlanishimizning yangi bosqichini boshlab beradi hamda halqimizni umumiy maqsadlar yo'lida birlashtirib turadigan yaxlit ma’naviy asos va mezonga aylanishiga ishonchimiz komil.

 

Fan, innovatsiya va ta’lim dasturlarini ishlab chiqish bo‘limi boshlig‘i
Sh.Xasanov