+998 71 200 02 35

"Davlat xizmatlari markazlari rahbar va xodimlari uchun yangi kurs o‘z ishini boshladi"

14.11.2023 461

Adliya Vazirining 2023-yil 20-oktabrdagi 19/23-son Hay’at yig’ilishi qarori bilan Yuristlar malakasini oshirish markazida Hay’at majlisida muhokama qilingan tizimli muammolardan kelib chiqib, vazirlikning tegishli boshqarmalari bilan birga tizim xodimlari uchun manzilli ravishda tematik kurslar (onlayn) tashkil qilib borish vazifasi yuklatilgan edi.

Shundan kelib chiqib ayni damda markazda “Elektron hujjat aylanishida elektron raqamli imzo” nomli qisqa muddatli o‘quv kursi o‘z ishini boshladi. Jami 76 nafardan tashkil topgan o‘quv kursining ilk tinglovchilari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati davlat xizmatalari markazi rahbar va xodimlaridan iboratdir.

Qizg‘in bahs va munozara tarzida olib borilgan darsda tinglovchilar, elektron raqamli imzolar kalitlari egalarining huquq va majburiyatlari. Elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslarning javobgarligi kabi o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga huquqiy asoslantirilgan javoblar olishdi.