+998 71 200 02 35

“Binar” darslar - ikki karra bilim, ikki karra amaliyot

26.04.2024 129

Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan malaka oshirish o‘quv kurslarida tahsil olayotgan navbatdagi advokatlar guruhi tinglovchilari uchun “Binar” shaklida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘quv mashg‘uloti Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi mas’ul xodimlari M.Isroilov va A.Fattaxovlar tomonidan “Soliqlar turlari va soliqqa tortilishning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida bo‘lib o‘tdi.

Dars mashg‘ulotlari davomida tinglovchilar soliqlar va yig‘imlarni belgilash, joriy etish, bekor qilish tartibiga doir masalalar va boshqa o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.