Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida advokatlar guruhi tinglovchilari uchun navbatdagi dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulotni Toshkent shahridagi “ADVISORPRO” mas’uliyati cheklangan jamiyati Bosh direktori, patent vakili M.Tursunova olib bordi.
Mavzu: Internet tarmoqlarida intellektual huquqlarni himoya qilish
Tinglovchilar internet muhitida mualliflik huquqi, savdo belgisi, patent va boshqa intellektual mulk obyektlarini himoya qilishning huquqiy asoslari, shuningdek, amaliyotda uchraydigan muammolar va ularning yechimlari haqida batafsil ma’lumot olishdi.
Mashg‘ulot interaktiv tarzda o‘tkazilib, tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
|
|
![]() |