+998 71 200 02 35

Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining Namangan viloyati hududiy filiali


Joylarda kadrlar malakasini oshirishning sifatini yaxshilash, tinglovchilarga har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 8 sentyabrda “Yuridik sohaga oid bilim talab etiladigan mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 544-son qaroriga asosan Yuristlar malakasini oshirish markazining Namangan viloyati hududiy filiali tashkil etildi.

Yuristlar malakasini oshirish markazining Namangan viloyati hududiy filiali Аdliya vazirligining Namangan viloyati yuridik texnikumi binosida, Namangan shahar, I.Karimov koʼchasi, 2-uyda joylashgan.

 Filialning maqsadi

 Filialda mutaxassisliklar boʼyicha oʼquv mashgʼulotlarini tashkil etish va oʼtkazishning talab qilinadigan darajasini taʼminlash, davlat boshqaruvi organlari va hoʼjalik birlashmalarining hududiy boʼlinmalari va tashkilotlar kadrlarining huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan ehtiyojlarini oʼrganish, oʼquv kurslariga jalb qilish, oʼqitishning ilgʼor usullari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, filial faoliyatini tashkil etishning asosiy maqsadi hisoblanadi.

 Filialning asosiy vazifalari

 Zamonaviy sharoitlarda kadrlarning kasbiy bilim va saviyasiga qoʼyilayotgan talablarni hisobga olib, joylarda ishdan ajralmagan holda oʼqitishning innovatsion metodlari va pedagogik texnologiyalarini, shu jumladan axborot texnologiyalari imkoniyatlarini keng qoʼllash orqali malaka oshirish kurslarini tashkil etish.

Masofadan oʼqitish taʼlim usullari orqali qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini onlayn rejimida oʼtkazilishini taʼminlash.

Xoʼjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarning mehnat bozorida huquqiy bilimlarini oshirish talab qilinadigan oʼzga soha mutaxassislari malakasini oshirishga qaratilgan qisqa muddatli oʼquv kurslarini tashkil etish.

Filialda malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun tegishli vazirlik va idoralarning malakali mutaxassislarini jalb etgan holda doimiy asosda interfaol mashgʼulotlar, davra suhbatlari va oʼquv-amaliy seminarlarni tashkil etish.

Namangan viloyati boʼyicha vazirlik va idoralar, hoʼjalik birlashmalarining hududiy tuzilmalari hamda joylardagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bilan hamkorlik oʼrnatish.

Namangan viloyati boʼyicha malaka oshirish kurslarida oʼqish istagini bildirgan talabgorlar bilan aloqa oʼrnatish, ular bilan shartnomalar tuzish.

Malaka oshirish kurslariga jalb qilish uchun Namangan viloyati boʼyicha kadrlar bozorini tahlil qilib, talabgorlarning mavjud ehtiyojlarini oʼrganish, ularni izlash hamda yangi yoʼnalishlar boʼyicha qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish yuzasidan takliflar tayyorlash.

Malaka oshirish kurslari va oʼquv-amaliy seminarlar jarayonida aniqlangan muammolar boʼyicha axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash.

 Yuristlar malakasini oshirish markazining Namangan viloyati hududiy filiali zamonaviy taʼlim texnologiyalarini qoʼllash orqali hamda xalqaro standartlarni hisobga olgan holda advokatlar, notariuslar, yuriskonsulьtlar, patent vakillari, mediatorlar hamda yuridik sohaga oid bilim talab etiladigan boshqa soha mutaxassislarining huquqiy sohadagi bilimlarini oshirishga qaratilgan malaka oshirish kurslarini tashkil etish yuzasidan hamkorlik qilishni taklif etadi.