+998 71 200 02 35

Tahririy-nashriyot bo‘limi


Bo`lim “Nashriyot bo`limi” nomi bilan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 21 iyuldagi 364-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan bo`lib, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 iyundagi  “O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to`g’risidagi” 531-sonli qaroriga asosan, “Tahririy-nashriyot bo`limi” deb qayta tashkil etilgan.

Bo`limga turli  yillarda bir qator mutaxassislar, jumladan: 2006-2012 yillarda O.Mamahalilov,  2013-2014  yillarda  B.Najmiddinov, 2015-2017 yillarda F.Ergashevalar boshchilik qilishgan.

2020 yil 3 dekabrdan boshlab Shaxzoda Abdullayeva Sobitovna rahbarlik qilib kelmoqda.

O`tgan yillar mobaynida bo`limda O.Mamahalilov, N.Tillayeva, B.Najmiddinov, F.Ergasheva, A.Niyazmetov, A.Yusupbayeva H. Mo`minov  kabi xodimlar turli lavozimlarda mehnat qilganlar.

 Bo`lim o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Adliya vazirligining qaror va bo`yruqlari, Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga taaluqli normativ-huquqiy hujjatlari, Markaz Ustavi, Ilmiy kengashi qarorlari, Markaz direktorining bo`yruqlari hamda Yuristlar malakasini oshirish markazi direktorining buyrug’i bilan tasdiqlangan  Nizomiga amal qiladi.

 

Bo`lim tarkibi bo`lim boshlig’i va 1 nafar bosh mutaxassisdan iborat.

Bo`lim boshlig’i – Shaxzoda Abdullayeva Sobitovna

Bosh mutaxassis - Usmanov Vosid Muxammadiyevich

 Bo`limning asosiy vazifalari:

Markazda tahririy-noshirlik faoliyatini tashkil etish, ta’minlash va amalga oshirish;

Markaz faoliyatiga oid hujjatlarni nashr etish va nusxasini ko`paytirish;

Markaz professor-o`qituvchilari va ilmiy xodimlari  muallifligi asosida tayyorlangan  materiallarni tahrir qilish, nashrga tayyorlash va chop ettirish.

Nashr etishga tayyorlangan monografiya, darslik, o`quv, o`quv-uslubiy qo`llanma, to`plam va risolalar hamda ma’ruzalar matnlari, o`quv dasturlar va boshqa hujjatlar, materiallarni tahrirdan o`tkazish va chop etish kabi bir qator vazifalarni  bajaradi.

Bo`limning telefon raqami: + 99871 234-53-25